Din ishlari bo’yicha qo’mita huzuridagi diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti tomonidan Xorazm viloyati Urganch shahri Yoshlar markazida tashkil etilgan Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan otinoyilar uchun tashkil etilgan 36-soatlik malaka oshirish o’quvlari davom etmoqda.
2026-yil 22-aprel kunidagi ikkinchi o’quv jarayonlarida «O’zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta minlash va diniy sohadagi davlat siyosati», «Ayollarga xos fiqhiy fighiy fatvolar fatvolar (h (hududlardagi muammolardan kelib chiqqan holda)» va «Aholi o’rtasidagi bid at va xurofotlarning oldini olishda otinoyilarning o’rni», «Radikal diniy qarashlar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning asosiy mexanizmlari», «Otinoyilarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ma naviy-ma rifiy ishlar samaradorligigni kuchaytirish yo’llari», «Islom dinining asosiy qadriyatlari» mavzularida a dars dars mashg’ulotlari tashkil etildi.
Mazkur modullarning seminar-trening mashg’ulotlari Viloyat Adliya boshqarmasi Huquqiy axborot sho» basi bosh maslahatchisi Z.Begova, O’MI Xotin-qizlar masalalari bo’yicha boʻlim bosh mutaxassisi M.Zufarova, Xorazm viloyati IIB Terrorizmqa qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor vakili S.Abdirimov, «Imom Faxriddin Ar-Roziy» O’MITM mudiri D. Abduqodirov, Viloyat targʻibot guruhi a zosi (Urganch RANCh Texnologiya Universiteti «Pedagogika va aniq fanlar» kafedrasi professori, psixologiya fanlari doktori (DSc)) I.Xajiyevalar tomonidan olib borildi va tinglovchi-otinoyilaming ishtiroki ta’minlandi. Ochiq mulogot tarzida tashkil etilgan darslarda otinovilar o’zlarining bilimlarini mustahkamlash bilan birga, faoliyatlari davomida yuzaga kelayotgan fiqhiy va ijtimoiy savollariga ham yechim topdilar. O’quvlar so’ngida Din ishlari bo’yicha qo’mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti katta oʻqituvchisi Sh.Shovkatov va O’zbekiston musulmonlari idorasi Xotin-gizlar masalalari bo’vicha boʻlimi bosh mutaxassis M.Zufarova hamda Xorazm viloyati Bosh imom-xatibining birirnchi oʻrinbosari A. Matyaqubov va bosh imom-xatibning Xotin-qizlar masalalari boʻyicha o’rinbosari F.Otajonova tomonidan tinglovchilar ishtirokida suhbatlar olib borildi.
Seminar davomida otinoyilarning kasbiy salohiyatini oshirish, ma’naviy- ma’rifiy ishlar samaradorligini kuchaytirish hamda jamiyatda sogʻlom diniy muhitni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.