Din ishlari bo’yicha qo’mita huzuridagi diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti tomonidan Xorazm viloyati Urganch shahri Yoshlar markazida tashkil etilgan Xorazm viloyatida faoliyat yuritayotgan otinoyilar uchun tashkil etilgan 36-soatlik malaka oshirish o’quvlari davom etmoqda.

2026-yil 22-aprel kunidagi uchinchi o‘quv jarayonlarida  «Radikal diniy qarashlar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning asosiy mexanizmlari», «Dunyoning diniy manzarasi vadin bilan bog‘liq geosiyosiy jarayonlar tahlili»,  «O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta`minlash va diniy sohadagi davlat siyosati», «Ayollarga xos fiqhiy fatvolar (hududlardagi muammolardan kelib chiqqan holda)» va «Islom dinining asosiy qadriyatlari» mavzularida dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mazkur modullarning seminar-trening mashg‘ulotlari Xorazm viloyati IIB Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor vakili S.Abdirimov, O‘zbekiston Xalqaro islomshunoslik akademiyasi magistranti B.Egamberganov, Viloyat hokimining o‘rinbosari-Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hududiy boshqarmasi boshlig‘i R.Sobitov, Xorazm viloyati Bosh imom-xatibining birirnchi o‘rinbosari A.Matyaqubov va  Viloyat targ‘ibot guruhi a`zosi (Urganch RANCh Texnologiya Universiteti “Pedagogika va aniq fanlar” kafedrasi professori, psixologiya fanlari doktori (DSc)) I.Xajiyevalar tomonidan olib borildi va tinglovchi-otinoyilarning ishtiroki ta’minlandi. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan darslarda otinoyilar o‘zlarining bilimlarini mustahkamlash bilan birga, faoliyatlari davomida yuzaga kelayotgan fiqhiy va jtimoiy savollariga ham yechim topdilar. O‘quvlar so‘ngida, yakuniy suhbat bo‘lib o‘tdi. Yakuniy suhbatni  Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash instituti katta o‘qituvchisi Sh.Shovkatov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘limi bosh mutaxassisi M.Zufarova hamda Xorazm viloyati Bosh imom-xatibining birirnchi o‘rinbosari A.Matyaqubov va bosh imom-xatibning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Otajonovalar olib borishdi. Otinoyilarga kasbiy faoliyatlari yo‘nalishida tegishli maslahatlar berildi va  Viloyat hokimining o‘rinbosari-Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hududiy boshqarmasi boshlig‘i R.Sobitov tomonidan sertifikatlar taqdim etildi.

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *