Zamonaviy oqimlar

Islom dini tarixida islom arkon va aqidalarini buzib talqin qilishga sa’yharakat qilgan turli oqimlar, rang-barang firqalar va ularning shoxobchalari ko‘p bo‘lgan. Ulardan ayrimlari o‘z davridayoq faoliyatini to‘xtatib, o‘sha davrning din peshvolari, ya’ni ulamolar tomonidan qoralangan. Davr hukmdorlari esa ularga nisbatan jamiyatdagi tinchlik, hamjihatlik, belgilangan an’anaviy islom udumlarini buzganliklari uchun jazo choralarini qo‘llaganlar.
Biroq mazkur tarixiy oqimlardan ba’zi birlari bugungi kunda ham saqlanib qolgan bo‘lib, o‘zlarining buzuq aqidalarini sodda xalq, ayniqsa, yoshlarni yo‘ldan urishda qo‘llab kelmoqdalar. Ulardan ba’zilari ochiq harakat qilayotgan bo‘lsa, boshqalari zimdan va xufiyona faoliyat olib bormoqdalar. Shu bilan birga dunyo miqyosida turli yangidan bunyod bo‘layotgan ekstremist diniy oqimlar, harakatlar, sektalar ham talaygina.
Bugungi kungacha o‘z faoliyatini saqlab qolgan ba’zi tarixiy, shuningdek, yangidan tuzilgan aqidaviy oqimlarning e’tibori bizning mamlakatimiz fuqarolariga ham qaratilgan bo‘lib, ular nazdida xalqimiz totalitar tuzum davrida o‘z an’anaviy e’tiqodidan mahrum bo‘lgan va ular osonlikcha o‘z domimizga tushishlari mumkin, deb hisoblaydilar.
Shu bois, biz “zamonaviy oqimlar”ni ham tarixda mavjud bo‘lib, to shu bugungi kungacha faoliyatini tugatmagan firqa va yo‘nalishlar haqida ham, yangidan tashkil qilingan e’tiqodiy guruhlar haqida ham ma’lumotlarni bilishimiz lozim, deb topdik. Eng muhim bo‘lgan narsa shundaki, ularning barchasi o‘z faoliyatini o‘sib kelayotgan yosh avlod tafakkuriga yo‘naltirgan bo’lib, ularnig maqsadi bizning an’anaviy e’tiqodimizga tahdid solib, unga putur yetkazishdan iborat.Shu bois, biz mana shunday guruhlar tarixi va aqidalari borasidagi ma’lumotlarni xolis tarzda o’quvchilarga yetkazishimiz ham qarz, ham farzdir.

Ko’kaldosh o’rta maxsus islom bilim yurti
2-kurs talabasi Nasriddinov Muhammadshokir

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован.