SADOQAT QO’SHIG’I

Vujudimda oqmoqdadir xalqim qoni,
Bir xalqning tarixidir sharaf qoni,
Kundan-kunga yuksalmoqda bugun shani,
Ertangi buyuk bo’lsin xalqim, saodatda.

Bizga qilgan g’amxo’rliging, mexring cheksiz
Bag’rikenglik , saxiylikda noming tengsiz,
Insoniylik qiymat topdi senla so’ngsiz,
Boring berib o’zingga doim qanoatda,
Senga voris bo’laylik biz sadoqatda.

Dunyo xalqlarin rom etar tabiating,
Aytib ado qilolmayman fazilating,
Doim yuksak bo’lsin e’zoz va xurmating,
Bobolarga izdosh bo’lib matonatga,
Sodiq o’g’ling bo’lsin sernga sadoqatda.

Jo’rabek Sodiq

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *