KULFATGA UCHRAGAN QALB

Iztirob-taqdirning zarbalaridan
To’ygan qalb to’rida uyg’ongan to’fon.
U-tarang tortilgan umid ipidan
So’ngisin uzishga shaylangan bo’ron.
G’am-qayg’u-bechora,baxtsiz qalblarning
Istaganin topmay unsiz yig’lashi
U bir izg’irinki qora kunlarning
Muz qo’llari birla dilni tig’lashi
Tushkunlik yiqilgan, singan iroda
Hamda ishonch uchun qo’yilgan qopqon
U qorong’u chohga qulaganingda
Zahrini sochishga shaylangan ilon.
Qalbni qurshab olgan bu uchlik,
Uch tomonda poylar uchta ajdaho.
To’rt tomon bor derlar uchtasin bildik
To’rtinchisin anglat menga, ey daho?!

Jo’rabek Sodiq

 

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *