Mardlar qo’riqlaydi vatanni

Mustaqil O’zbekiston yurtimizda hukm surayotgan tinchlikni asrash uning qadriga yetish har birimizning muhim burchimiz bo’lib hisoblanadi. Zero, tinchlik, omonlik va xotirjamlik barqaror bo’lgan yurtda barcha ertangi kunga ishonch bilan qarash, xotirjamlik ila toat-ibodat va solih amallarni imon va ixlos bilan ado etadi. Darhaqiqat, tinchligimiz, osoyishtaligimiz, barakali mehnat qilishimiz, farzandlarimiz o’sib-ulg’ayishlari, komil inson bo’lib yetishishlarida, shubhasiz Vatan himoyachilarining o’rni, shijoati va jangavor ruhi beqiyosdir. Yuragida Vatan va xalq sevgisi mahkam joy olgan shijoatli o’g’lonlar yurt sarhadlarini sergaklik bilan qo’riqlamoqdalar.
Ularning bu bedorliklari naqadar savobli ish ekani haqida Janob payg’ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallam shunday deb marhamatqilganlar: ya’ni “Kechalari Allohdan qo’rqib yosh to’kkan ko’zni va Alloh yo’lida tunlari posbonlik qilib, mijja qoqmagan ko’zni do’zzah otashi kuydirmaydi”. Darhaqiqat, Vatan himoyachisi degan narsa eng sharafli va oily kasb ekanligini yaxshi bilgan mard yigitlarimiz har tomonlama, jismoniy ham ma’naviy jihatlardan loyiq bo’lishlikni yaxshi anglaydilar. Ana shu sifat va hislatlarrni egallashga harakat qiladilar. Zero ular biladiki Vatan himoyasi hayot-mamot masalasi ekanini, ularning turush-turmushi, el-yurt taqdiri shu nuqtada tugashishini teran anglab yetganlar. Ular avvalo o’z ota-onalarini, aka-ukalarini, opa-singillarini himoya qiladilar. O’zlari tug’ilgan shahar, qishloqlarni, qavmu-qarindoshlari, bir so’z bilan aytganda Ona-Vatanni qo’riqlamoqdalar. Shavkatli Qurolli Kuchlarimiz safida xizmat qilayotgan aziz akalarimizning mashq maydonidagi holatlariga bir nazar tashlaylik. Ular maxsus xarbiy kiyim-bosh kiygan, qo’lida jangavor qurol, olisga sergaklik bilan boqadi. Qishning sovuqlarida, yozning jazirama issiqlarida shu kayfiyatda saotlab turadi, sergak holda mashqlarni ado etmoqda. Shunda beixtiyor Rasuli akram sallollohu alayhi vasallamning quyidagi hadisi shariflari dilimizdan o’tadi: ya’ni
“Alloh taolo roziligi yo’lida bir kun chegara hududida posbonlik qilish bir oy kechalari ibodat qilib, kunduzlari nafl ro’za tutishdan afzaldir”,-degan hadislari keladi. Tabiiyki, inson farzandi qayerda, qaysi mamlakatda dunyoga kelsa, anashu yer uning ona-Vataniga aylanib qoladi. Kindik qoni to’kilgan joy inson uchun hamma narsadan ham qimmatli dargohdir. Rasuli Akram (sollollohu alayhi vasallam) Madinai munavvaraga hijrat qilib ketayotganlarida tug’ilib o’sgan vatanlari Makkai mukarramaga yuzlanib turib: “Agar qavmim meni Makkadan chiqib ketishga majbur qilmaganida, hech ham o’z ihtiyorim bilan uni tashlab ketmagan bo’lur edim”, deganlari siyrati nabaviya kitoblarida bayon etilgan. Demak, Vatanni sevish, vatanparvar bo’lish, undagi bor narsalarni ardoqlab, sog’inib yashash insoniyat tabiatida mavjud bo’lgan nozik his-tuyg’udir.
Donolar aytadilar: “Kishining vafodorligi va sadoqati uning o’z Vatani uchun qayg’urishidan, do’stlarini sog’inishidan va umrining zoe ketkazga nlahzalariga achinib, o’kinib yashashidan bilinadi”. Insonning o’z halqiga bo’lgan sadoqati va fidoiyligi ona Vatanni himoya qilish, taraqqiy topib, har tomonlama mustahkam va qudratli bo’lishi hamda xalqining tinch va farovon hayot kechirishiga imkon darajada hissa qo’shishi bilan o’lchanadi. Shuning uchun ham farzandlarimizga bolaligidanoq chavandozlik, merganlik, suvda suzish kabi mashqlarni puxta o’rgatib, Ona Vatanga, el-yurtga sadoqat ruhida buyuk ajdodlarimiz kabi imon-e’tiqodli qilib tarbiyalash barchamizning eng muhim vazifamizdir.

A.SHARIPOV
Hazorasp tumani “Hazrati Dovud” masjidi imom-noibi

Leave a Reply

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *